
Sutli desertlar
Mazali va oson tayyorlanadigan sutli desertlar to'plami.
Kerakli mahsulotlar: 500 ml DAYMILK sut, 200 g qaymoq, 3 osh qoshiq shakar, 10 g jelatin, mavsumiy rezavorlar.
Jelatinni sovuq suvda 10 daqiqa bo'ktirib qo'ying. Sutni shakar bilan aralashtirib, past olovda iliqlashtiring (qaynatmang). Bo'kkan jelatinni issiq sutga solib, to'liq erigunicha aralashtiring.
Qaymoqni yengil ko'pirtirib, sut aralashmasiga asta qo'shing. Aralashmani qoliplarga quyib, muzlatgichda kamida 4 soat ushlab turing. Berishdan oldin rezavorlar bilan bezating.
