Barcha retseptlar
Bolalar uchun shirinliklar

Bolalar uchun shirinliklar

Qaymoq asosida bolalarbop shirinliklar.

Kerakli mahsulotlar: 300 ml DAYMILK qaymog'i, 2 osh qoshiq shakar qandi, vanil, meva pyuresi (banan yoki qulupnay).

Qaymoqni sovuq holda 5 daqiqa yengil ko'pirtiring, shakar qandi va vanilni qo'shing. Meva pyuresini alohida tayyorlab, qaymoq bilan navbatma-navbat stakanchalarga joylashtiring.

Muzlatgichda 1-2 soat sovutib bering — bolalar buni shirin, yengil desert sifatida yaxshi qabul qilishadi.